TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan “Altin Minbar” Xalqaro kinofestivalida "Maxtumquli Firog‘iy” filmi maxsus sovrin oldi.
“Rejissor Muzaffarxon Erkinovning "Maxtumquli Firog‘iy” filmi “Rossiya Islom olami” guruhining IHT davlatlarida ishlab chiqilgan film dasturida maxsus mukofotini qo‘lga kiritdi.
Kinofestival bosh sovrini — “Eng yaxshi to‘liq metrajli badiiy film” nominatsiyasida Chernogoriyalik rejissor Nikola Vukchevichning “Matonat tayanchi” filmiga berildi. Kartina sujeti Ikkinchi jahon urushi davridagi haqiqiy voqealarga asoslangan.
Jami festivalda 60 dan ortiq davlatlardan 750 dan oshiq filmlari ishtirok etdi.
"Altin Minbar" xalqro kinofestivali 2005-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Festival doirasida, muallifning diniy e’tiqodidan qat’i nazar, ezgulik, tinchlik va adolatga da’vat etuvchi milliy va jahon kinematografining eng yaxshi filmlari tanlab olinadi.