O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari strategik sheriklik va hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. 11 sentabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida erishilayotgan ijobiy natijalarni muhokama qildik. Mintaqaviy hamjihatlik va global chaqiriqlarni hal etishda yakdil yondashuvlarning muhimligini yana bir bor ta’kidladik", — deb yozdi Saidov o‘z Telegram-kanalida.

Shuningdek, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlarga, shu jumladan mintaqaviy hamkorlik arxitekturasini mustahkamlashga qaratilgan oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qilindi.
Baxtiyor Saidov AQSh prezidentining maxsus vakili bilan uchrashdi