Prezidentimizga berilgan mukofot mintaqadagi ishonch va hamkorlikni e’tirof etadi - Asadov

Mintaqa rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli davlat chegaralari va suv resurslari bo‘yicha tarixiy kelishuvlarga erishildi.
Sputnik
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga ushbu nufuzli mukofotni topshirgani uchun O‘zbekiston Lev Tolstoy nomidagi xalqaro tinchlik mukofoti Tashkiliy qo‘mitasidan minnatdor? dedi prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov TASS axborot agentligiga bergan ma’lumotida.

"Biz uni davlatimiz rahbarining Markaziy Osiyoda ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasining e’tirofi sifatida qabul qilamiz. Mintaqa yetakchilarining siyosiy irodasi tufayli davlatlararo chegaralar va suv resurslari masalalari bo‘yicha tarixiy kelishuvlarga erishildi, barqarorlik va taraqqiyot yo‘lida muloqot va hamkorlik muhiti yaratildi", - dedi Asadov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mukofotning berilishi Markaziy Osiyo davlatlarining ishonch, barqarorlik va tinch-totuv yashash makonini yaratish borasidagi sa’y-harakatlarining e’tirofi hisoblanadi.
"Ushbu yuksak baho O‘zbekiston tomonidan olib borilayotgan tinchlik, barqarorlik va insonparvarlik qadriyatlarini mustahkamlashga qaratilgan siyosatning ahamiyatini ko‘rsatadi", — deya ta’kidladi Asadov.
Mirziyoyev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofotiga sazovor bo‘ldi