Ta’lim tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

9 sentabr kuni ishdan olingan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining ikki nafar o‘rinbosari hamda agentlik rahbarining o‘rniga yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Sputnik
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq, ta’lim tizimida qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev utverdil yeshe neskolko kadrovix naznacheniy v sisteme obrazovaniya
Azizbek Turdiyev Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar vazir maslahatchisi sifatida ishlagan.
Turdiyev turli yillarda Toshkent maktablarida, Vazirlar Mahkamasi, Senat va boshqa idoralarda mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Shuningdek, “Hamdo‘stlik bolalar” hamda “Yoshlarni tadbirkorlik va sanoatga yo‘naltirish” loyihalari rahbari sifatida ham ish tajribasiga ega.
V sfere obrazovaniya proizoshli novie naznacheniya
Sardor Radjabov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U avval maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan. Radjabov ta’lim sifati, test tizimi va akkreditatsiya yo‘nalishlarida rahbarlik tajribasiga ega.
V sfere obrazovaniya proizoshli novie naznacheniya
Baxtiyor Yo‘ldoshev Prezident administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori etib tayinlandi. Ungacha “Yangi O‘zbekiston” universitetida prorektor sifatida faoliyat yuritgan. Yo‘ldoshev moliya, tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar sohasida ham rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, u Rossiya TIV huzuridagi Diplomatik akademiya aspiranti hisoblanadi.
Milliy tarbiya modeli: ta’limga oid yig‘ilishdan asosiy ma’lumotlar