O‘zbekistonda shaxslarning ruxsatisiz suratga olish taqiqlanishi mumkin

Fuqarolar tasviridan ruxsatsiz foydalanishning huquqiy oqibatlari ham belgilanyapti.
Sputnik
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekistonda shaxsning roziligisiz uni tasvirga olishni taqiqlanishi mumkin. Deputatlar tegishli qonun loyihasini muhokama qilib, birinchi o‘qishda qabul qilishdi.
Loyihada shaxsni tasvirga olish va undan foydalanish uchun rozilik olish majburiy shartligi, ushbu munosabatlarda voyaga yetmagan bolalar mustaqil huquq subyekti ekanligi, tasvirga olish va undan ruxsatsiz foydalanish mumkin bo‘lgan holatlar doirasi belgilanmoqda.
Shuningdek, videokuzatuvni amalga oshirishda shaxsiy daxlsizlikni ta’minlashga oid talablar, tasvirdan ruxsatsiz foydalanilganda kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar aniq belgilanmoqda. Mehnat munosabatlarida tasvirdan foydalanish bilan bog‘liq holatlar aniqlashtirilmoqda.
Loyiha bolalar huquqlariga ham alohida o‘rin ajratilgani ham aytilmoqda. Unga ko‘ra, bolalar mustaqil huquq subyekti sifatida belgilangan. 16 yoshga to‘lmaganlar nomidan rozilik ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan beriladi, 16 yoshdan oshganlar esa bu masalada mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega ekani qayd etilgan.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi qabul qilinsa, shaxslarning, ayniqsa bolalarning tasvirga bo‘lgan huquqlari kafolatlanadi, davlat organlari faoliyatida ochiqlik kuchayadi va mehnat munosabatlarida xodimlarning huquqlari yanada mustahkamlanadi.
O‘zbekiston va Rossiya ombudsmanlari inson huquqlari bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlaydi