TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Xitoyning Samen shahrida bo‘lib o‘tayotgan CIFIT-2025 — Xalqaro investitsiya va savdo yarmarkasida O‘zbekiston o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yarmarka ochilishida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev nutq so‘zladi.
O‘zbekiston pavilonida mamlakatning tabiiy va yuqori sifatli mahsulotlari namoyish etilmoqda. Tashrif buyuruvchilar katta qiziqish bilan yangi xo‘l meva-sabzavotlar, quruq va quritilgan mevalar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda salqin ichimliklar bilan tanishmoqda.
Uzbekistan prinimayet uchastie v Mejdunarodnoy yarmarke CIFIT-2025
© Press-slujba Agentstva po karantinu i zashite rasteniy
Ma’lumot uchun: CIFIT (China International Fair for Investment and Trade) — Xitoy Xalqaro investitsiya va savdo yarmarkasi bo‘lib, har yili Samen shahrida o‘tkaziladi va dunyodagi eng yirik investitsiya ko‘rgazmalaridan biri hisoblanadi. Asosiy maqsadi — investitsiya va savdoni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish.