Toshkent, Bishkek va Ostona suv-energetika balansi bo‘yicha kelishib oldi

Erishilgan kelishuvlar kuz-qish mavsumida xavflarni kamaytirish, shuningdek kelgusi vegetatsiya mavsumiga qadar suv to‘plash uchun prognoz qilinadigan sharoit yaratish imkonini beradi.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Cho‘lponota shahrida 2026-yilgacha suv-energetika balansi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, tomonlar suv chiqarish hamda elektr energiyasi yetkazib berish masalalarini tartibga soluvchi bayonnomalarni imzolagan.
Asosiy hujjatda Qozog‘iston va O‘zbekistondan Qirg‘iziston Respublikasiga elektr energiyasi yetkazib berish evaziga To‘qtog‘ul suv omboridan suv chiqarish bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari belgilab qo‘yilgan.
Astana, Bishkek i Tashkent dogovorilis po vodno-energeticheskomu balansu do 2026 goda
Shuningdek, uch davlat Rossiyadan Qirg‘izistonga Qozog‘iston energetika tizimi orqali elektr energiyasini tranzit qilish shartlarini ham kelishib oldi.
Alohida ikki tomonlama muzokaralar ham bo‘lib o‘tdi. Qozog‘iston va O‘zbekiston 2026-yil martdan dekabrgacha Qozog‘istonga 900 mln kVt/soatga yaqin elektr energiyasi yetkazib berish to‘g‘risida bayonnoma imzoladi.
Aytish joizki, To‘qtog‘ul suv ombori O‘zbekiston tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘orish uchun ishlatilmaydi. Biroq u Sirdaryo oqimini tartibga solish orqali Farg‘ona vodiysi, Toshkent viloyati va undan keyingi hududlardagi sug‘orish tizimi uchun muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston suv va energetika rejimi bo‘yicha kelishib oldi