TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Rim papasi Lev XIV payshanba kuni bo‘lib o‘tgan Isroil prezidenti Isxak Gersog bilan uchrashuvida G‘azodagi fojiali vaziyatni muhokama qildi va Falastin anklavidagi urush harakatlarini butunlay to‘xtatishga chaqirdi, deb ma’lum qilmoqda Vatikan.
Bayonotda aytilishicha, Papa Falastinning HAMAS guruhi qo‘lida qolgan garovdagilarni ozod qilishga chaqirdi hamda cherkovning ko‘p yillik Isroil-Falastin mojarosini hal qilish uchun ikki alohida davlat tuzish to‘g‘risidagi yechimni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.
"Barcha garovdagilarni ozod qilish, zudlik bilan urush harakatlarini butunlay to‘xtatishga erishish, eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarga insonparvarlik yordamini xavfsiz yetkazib berishga ko‘maklashish va inson huquqlariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash uchun muzokaralar tezda qayta boshlanishiga umid qilaman", – degan Rim papasi suhbat chog‘ida.
Cherkov rahbarlarning Isroil prezidenti bilan Vatikan Apostol saroyida bir-birlarini kutib olayotgan suratlari e’lon qilindi, ammo ular qancha vaqt birga bo‘lganini ma’lum qilinmadi. Rasmlardan birida ikki rahbar yonma-yon turgan holda tasvirlangan, ularning hech biri tabassum qilmayapti, deya e’tibor qaratgan "Reuters"
May oyida jahon kardinallari tomonidan marhum Papa Fransisk o‘rniga saylangan Lev ilgari Isroilning G‘azodagi harbiy kampaniyasi haqida Fransisk bilan so‘zlashganda nisbatan ehtiyotkorroq ohangda bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 12-yil davomida cherkovni boshqargan Fransisk Isroilga hamisha tanqid ko‘zi bilan qaragan. U Isroilning Falastin xalqiga qarshi genotsid qilayotgani yoki qilmayotganini tekshirishni taklif qilgan, bu esa Isroil rasmiylarining keskin tanqidiga sabab bo‘lgan.