TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Moskva shahrida VDNXdagi O‘zbekiston pavilonida O‘zbekiston Mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan "O‘zbek raqsi kuni" tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Ushbu tadbir O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan, Kristina Surganova rahbarligidagi Moskva "Bahor Raqs" o‘zbek raqsi va Markaziy Osiyo raqslari ansambli hamkorligida amalga oshirildi.
Jamoaning repertuari Armaniston, Hindiston, Xitoy va Rossiyaning madaniy an’analarini aks ettiruvchi chiqishlar bilan boyitildi.
V pavilone Uzbekistana na VDNX organizovan "Den uzbekskogo tansa"
© Informatsionnoe agentstvo Dunyo
Shuningdek, Moskvadagi "Ulibka" va "Ivanteyevka" ansambllari, "Spitamen" guruhi konsertda ishtirok etishdi.
Dasturda alohida o‘rinni Kristina Surganovaning mahorat darslari egalladi. Interaktiv format tomoshabinlar orasida katta qiziqish uyg‘otib, bayramni madaniy muloqot va birlikning yorqin voqeasiga aylantirdi.
"O‘zbekiston pavilonida eng ajoyib va nafis ekspozitsiya taqdim etildi, umuman olganda, O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi qiladigan har bir ishi doimo sifat belgisidir", - dedi Irina Yaremko, VDNX AJning boshqarmasi boshlig‘i.
Ma’lumot uchun, Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi (VDNX) - Moskvaning eng yirik ko‘rgazma majmuasi. Dunyodagi 50 ta eng yirik ko‘rgazma markazlari qatoriga kiradi. Har yili VDNXga 30 million mehmon tashrif buyuradi. 2023-yilda VDNX majmuasi hududida yangilangan O‘zbekiston paviloni ochildi. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan bitimga muvofiq, pavilon O‘zbekistonga 49-yilga ijaraga berilgan.