TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Fors ko‘rfazi mamlakatlari (Bahrayn, Qatar, Quvayt, BAA, Ummon, Saudiya Arabistoni) va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2024-yilda 3,3 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki matbuot xizmati xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan 4,2 barobarga ko‘pdir.
O‘zaro savdoning 80 foizi — Ko‘rfaz davlatlaridan Markaziy Osiyoga import qilinadigan tovarlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mintaqada Ko‘rfaz davlatlarining eng yirik savdo hamkorlari quyidagicha:
Turkmaniston — 2 milliard dollar,
O‘zbekiston — 740 million dollar.
Qozog‘iston - 302 million dollar.
Dinamika tovarooborota mejdu stranami Zaliva i Sentralnoy Azii
© Press-slujba YeABR
Fors ko‘rfazi mamlakatlari ichida Birlashgan Arab Amirliklari mutlaq yetakchi bo‘lib, Markaziy Osiyo bilan umumiy savdoning 97 foizini ta’minlaydi.
Ta’kidlanishicha, o‘zaro savdo hajmining o‘sishi davom etmoqda. Istiqboldagi salohiyat 4,9 milliard dollarga baholanmoqda. Ushbu summaning 4,4 milliard dollari Ko‘rfaz davlatlarining potensial eksportiga (avtomobillar, elektronika, zargarlik buyumlari) va 0,5 milliard dollari Markaziy Osiyo eksportiga (qimmatbaho va rangli metallar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) to‘g‘ri kelishi mumkin.