Isroil-Falastin mojarosi

G‘azo sektorida aholining ahvoli yomonlashayotgani chuqur tashvish uyg‘otmoqda – Mirziyoyev

O‘zbekiston faqat “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyili asosida Falastin – Isroil masalasiga adolatli yechim topish orqali Yaqin Sharqdagi mojaroni to‘xtatish mumkin, deb hisoblaydi.
Sputnik
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. G‘azo sektorida vaziyat yana keskinlashayotgani va aholining ahvoli yomonlashayotgani chuqur tashvish uyg‘otmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Shanxay hamkorlik tashkiloti plyus” formatidagi majlisda so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“Xalqaro muammolar haqida gapirganda, G‘azo sektoridagi vaziyatga e’tibor qaratmasdan o‘tolmayman. Ushbu mintaqada vaziyat yana keskinlashayotgani va aholining ahvoli yomonlashayotgani chuqur tashvish uyg‘otmoqda”, - dedi Mirziyoyev.
O‘zbekiston faqat “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyili asosida Falastin – Isroil masalasiga adolatli yechim topish orqali Yaqin Sharqdagi mojaroni to‘xtatish mumkin, deb hisoblaydi.
Isroil G‘azoga hujum boshladi
O‘zbekiston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ShHTning sammiti yigirmanchi asrning mudhish fojiasi bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80-yilligi bayram qilinayotgan yilda o‘tayotgani chuqur ramziy ma’noga ega.
Bu nafaqat muhim tarixiy voqea, balki o‘ziga xos ogohlantirish hamdir. Tinchlik bir marta va doimiy erishiladigan ne’mat emas, uni doimo asrab-avaylash va mustahkamlash zarur.
Isroilning G‘azoga qilgan hujumi oqibatida 5 nafar jurnalist halok bo‘ldi
Mirziyoyev nizo va mojarolar to‘lqinini to‘xtatish, ishonchni qayta tiklash, tinch-totuv hayotga intilish, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyil va meyorlarini hurmat qilish muhimligini ta’kidladi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Xitoy raisi Si Szinpin ilgari surgan Global boshqaruv bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklarga yordam ko‘rsatiladi