TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov Xitoy Xalq Respublikasi Uy-joy, qishloq va shahar qurilish vaziri Ni Hong boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tomonlar qurilish, shaharsozlik sohasidagi mavjud hamkorlik holatini tahlil qildilar. Mazkur yo‘nalishda tajriba almashinuvi, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va kadrlar tayyorlash masalalari ham muhokama etildi.
Shu bilan birga Markaziy Osiyo mamlakatlari ishtirokida xalqaro qurilish va shaharsozlik forumlarini tashkil etish hamda mintaqaviy miqyosdagi tajriba almashinuvi maydonlarini yaratish kabi yirik tashabbuslar ilgari surildi.
Ministr stroitelstva i jilishno-kommunalnogo xozaystva vstretilsya s ministrom jilishnogo, selskogo i gorodskogo stroitelstva Kitaya.
© Ministerstvo stroitelstva i jilishno-kommunalnogo xozaystva
Ni Hong O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik islohot va bunyodkorlik ishlariga yuqori baho berdi.
"O‘zbekiston bilan shaharsozlik, kommunal xizmatlar va innovatsion qurilish texnologiyalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishda ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyormiz", – deya ta’kidladi Ni Hong.