TOShKENT, 27 avg – Sputnik. 2025 yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 10 244 241 ta oila mavjud. Bundan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Qo‘mitaning rasmiy veb saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonda jami 45 135 ta oilalar ajrashgan.
Ushbu ma’lumotlarga asoslanib hisoblansa, O‘zbekistonda o‘rtacha har 227 oiladan biri ajrashmoqda. Bu umumiy oilalar soniga nisbatan 0,44 foizni tashkil etadi.
Hududlar kesimida oilalar soniga qaraganda ajrashishlar ulushi quyidagicha:
Hudud | Jami oilalar soni | Ajrashishlar soni | Oilalar soniga nisbatan ajrashish ulushi | Nechta oiladan bittasi ajrashgan |
Sirdaryo vil. | 251415 | 1505 | 0,60% | 167 |
Toshkent sh. | 1011537 | 5913 | 0,58% | 171 |
Andijon vil. | 946450 | 4781 | 0,50% | 198 |
Toshkent vil. | 913510 | 4570 | 0,50% | 199 |
Namangan vil. | 834796 | 4123 | 0,49% | 202 |
Jizzax vil. | 370967 | 1696 | 0,46% | 219 |
Samarqand vil. | 1082846 | 4599 | 0,42% | 235 |
Navoiy vil. | 307744 | 1258 | 0,41% | 245 |
Farg‘ona vil. | 1177396 | 4800 | 0,41% | 245 |
Surxondaryo vil. | 740005 | 2893 | 0,39% | 256 |
Buxoro vil. | 615418 | 2329 | 0,38% | 264 |
Qoraqalpog‘iston R. | 499417 | 1755 | 0,35% | 284 |
Xorazm vil. | 580823 | 1924 | 0,33% | 302 |
Qashqadaryo vil. | 911917 | 2989 | 0,32% | 305 |
Shuningdek, Oliy sud bergan axborotga ko‘ra, 2024-yilda jami kelib tushgan arizalardan: fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 32 217 ta nikoh bekor qilingan, 23 569 tasi bo‘yicha nikohlar bekor qilinmagan, 5 832 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan va 2 225 ta da’vo bo‘yicha ish yuritilishi tugatilgan.