TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati Vyetnamdan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) erkin savdo bitimi asosida tarif imtiyozlari bilan olib kirilayotgan ayrim turdagi kiyim-kechaklarga olti oy muddatga boj joriy etishga qaror qildi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
"Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati Vyetnam Sotsialistik Respublikasidan erkin savdo bitimiga ko‘ra tarif imtiyozlari bilan olib kirilayotgan ayrim turdagi kiyim-kechaklarga nisbatan himoya chorasi qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qildi", - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, o‘imoya choralarini joriy etishning asosi kelishuvda ko‘zda tutilgan Vyetnamdan import qilingan mahsulotlarning trigger darajasidan oshib ketishi edi.
Matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, ushbu qaror kuchga kirgan paytdan boshlab olti oy davomida Vyetnamdan ayrim turdagi kiyim-kechak olib kirilganda YeOII Yagona bojxona tarifining amaldagi stavkasi qo‘llaniladi. Qaror rasmiy e’lon qilingan sanadan 30 kun o‘tgach kuchga kiradi.
Qayd etilishicha, mazkur chora YeOII ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash va Vyetnamdan kelishuvda belgilangan darajadan yuqori bo‘lgan tovarlarning bojsiz olib kirilishining keskin o‘sishini oldini olish imkonini beradi.