TOShKENT, 26 avg – Sputnik. O‘zbekistonda 2025-yil 1-iyul holatiga doimiy aholi soni 37,9 million kishini tashkil etgan. Bundan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 % ga ko‘paygan.
Hududlar kesimida doimiy aholi sonining o‘sishi quyidagicha:
Toshkent shahri – 2,3 %.
Surxondaryo viloyati – 2,3 %
Qashqadaryo viloyati – 2,2 %
Namangan viloyati – 2,1 %
Samarqand viloyati – 2,0 %
Farg‘ona viloyati – 2,0 %
Jizzax viloyati – 2,0 %
Andijon viloyati – 1,9 %
Sirdaryo viloyati – 1,8 %
Toshkent viloyati – 1,8 %
Xorazm viloyati – 1,8 %
Navoiy viloyati – 1,7 %
Buxoro viloyati – 1,5 %
Qoraqalpog‘iston R. – 1,3 %