O‘zbekistonda “Dolzarb 10 kunlik” atrof-muhitni tozalash tadbirlari boshlandi

25 avgustdan 5-sentabrgacha butun O‘zbekistonda jamoat joylari chiqindilardan tozalanadi; ekologik madaniyat yoshlar orasida targ‘ib etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. O‘zbekistonda “Dolzarb 10 kunlik” umumxalq ekologik aksiyasi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar qildi.
Dastur doirasida 25-avgustdan 5-sentabrgacha butun respublika bo‘ylab ko‘chalar, bog‘-rog‘lar, xiyobonlar va boshqa jamoat joylari tartibga keltiriladi.
Aksiya Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda qator davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan o‘tkazilmoqda. Ta’kidlanishicha, tadbir prezident Shavkat Mirziyoyevning “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasidagi farmoni hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasi vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili o‘tkazilgan “Dolzarb 10 kunlik” davomida respublika bo‘ylab 800 tamingdan ortiq jamoat joylari obodonlashtirilib, 135 ming tonnadan ortiq chiqindi yig‘ib chiqarilgan.
Bu yilgi tashabbusning asosiy e’tibori chiqindilarni yig‘ish va hududlarni tozalash bilan birga, aholida, xususan yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan. Shu maqsadda turli ko‘rgazmalar, seminarlar va ekologik ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etiladi.
Chiqindi olib ketish vaqti va yo‘nalishini onlayn ko‘rish mumkin bo‘ladi