Isroil-Falastin mojarosi

Isroil G‘azoga hujum boshladi

Ilgari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu “xavfsizlikni ta’minlash” uchun butun G‘azo sektori ustidan nazorat o‘rnatish niyati borligini ma’lum qilgandi.
Sputnik
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Isroil Mudofaa armiyasi (SAXAL) G‘azo shahriga hujum boshladi. Bu haqda “Jerusalem Post” nashri armiya generali vakili Effi Defrin so‘zlariga tayangan holda xabar berdi.
“SAXAL G‘azo shahriga bostirib kirish uchun birinchi qadamlarni boshladi”, - deyilgan xabarda.
Avgust boshida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu “xavfsizlikni ta’minlash” uchun butun G‘azo sektori ustidan nazorat o‘rnatish niyati borligini ma’lum qilgandi. Uning aniqlik kiritishicha, keyinchalik Tel-Aviv anklavni fuqarolik hukumati boshqaruviga berishni rejalashtirmoqda.
Ayrim davlatlar, xususan, Misr va Qatar Isroilning rejasini tanqid qildi. O‘tgan hafta ular HAMASga mojaroning to‘liq to‘xtatilishiga olib keluvchi 60 kunlik sulh taklif qilishdi. Bitim 2023-yil 7-oktabrda o‘g‘irlangan garovdagi isroilliklarning yarmini falastinlik mahbuslarga evaziga ozod qilishni ham nazarda tutadi.
HAMAS taklifni qo‘llab-quvvatladi, Isroil esa hozirgacha javob bermadi.
Isroil G‘azoni bosib olish operatsiyasini ma’qulladi