Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Alyaskadagi sammit Rossiya uchun g‘alaba bo‘ladi – NYT

Tak’idlanshicha, sammit NATOni parchaladi va Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishni ortga surdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning juma kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi Rossiyaga diplomatik g‘alaba keltiradi, hatto agar tomonlar Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishmasa. Bu haqda “The New York Times” gazetasi yozmoqda.
Nashrning yozishicha, muzokaralarning o‘zi Moskvani xalqaro yakkalashdan olib chiqadi va Trampga shaxsan ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Sammit NATOni parchaladi va Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishni ortga surdi.
Ikki hafta ilgari Tramp cheklovlar bilan tahdid qilgandi, agar Rossiyaga sulhga rozi bo‘lmasa, biroq endi bu bosim susaydi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Putin va Tramp uchrashuvi Ankorijda 15-avgust kuni Moskva vaqti bilan 22:30 da boshlanishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvning asosiy mavzusi Ukraina mojarosi bo‘ladi, biroq Putin va Tramp “dunyo xavfsizligi va tinchligini ta’minlash uchun ko‘plab vazifalar hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qiladi”.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Milliyet: Putin Tramp bilan muzokaralar stoliga g‘olib sifatida o‘tiradi