Energetika tizimi: Toshkentdagi tuman va mahallalarda qanday yangiliklar kutilmoqda?

Taqdimotda energetika vaziri poytaxtdagi har bir tuman va mahallalar kesimida rejalarni bayon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 9 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent shahrida energetika tizimining barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, oxirgi ikki yilda Toshkentda elektr ta’minotini yaxshilash uchun 2 trillion 800 milliard so‘m yo‘naltirilgan. 36 ta podstansiya, 665 ta transformator, 2 ming kilometrdan ziyod tarmoq yangilangan.
Taqdimotda energetika vaziri poytaxtdagi har bir tuman va mahallalar kesimida rejalarni bayon qildi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s merami po obespecheniyu ustoychivosti energeticheskoy sistemi v Tashkente.
Unga ko‘ra, bu yil birinchi bosqichda 374 kilometr tarmoq, 11 ta podstansiya, 62 ta transformatorni yangilash ko‘zda tutilgan. Kelasi yil yana 788 kilometr tarmoq, 35 ta podstansiya va 145 ta transformator modernizatsiya qilinadi. Jumladan, mahallalardagi transformator va tarmoqlar ta’mirlanib, yangilari o‘rnatiladi.
Prezident kuz-qish mavsumiga oz fursat qolganiga e’tibor qaratib, bu yilgi rejani 1-noyabrgacha yakunlash zarurligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s merami po obespecheniyu ustoychivosti energeticheskoy sistemi v Tashkente.
Mutasaddilar atom energetikasi yo‘nalishidagi ishlar haqida ham axborot berdi.
Prezident rejadagi inshootlarni sifat va muddatga amal qilgan holda ishga tushirib, barqaror energiya quvvatlarini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Vazirlar Mahkamasiga energiya samaradorlikni oshirish masalasini har hafta muhokama qilib borish topshirildi.
O‘zbekiston “yashil” energetika sohasidagi rejalarini ma’lum qildi