TOShKENT, 5 avg – Sputnik. Rossiya kino va videofilmlar ishlab chiqarish va namoyish etish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolamoqchi. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tegishli muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.
“Kelishuvni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan imzolash rejalashtirilgan”, - deyiladi Rossiya hukumati matbuot xizmati xabarida.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi saytida avvalroq e’lon qilingan hujjat loyihasidan ma’lum bo‘lishicha, kelishuv kino ishlab chiqarish va namoyish etish bilan bog‘liq YeOIIda (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston, Qirg‘iziston) yagona xizmatlar bozorini shakllantirishga qaratilgan.
Yevroosiyo beshligi ushbu sohada o‘zaro manfaatli hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi va "xizmat yetkazib beruvchilar tomonidan iste’molchilarning hamda halol bozor subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlari, shuningdek, jamoat va davlat manfaatlari buzilishining oldini olish mexanizmini yaratmoqchi," deyiladi hujjat loyihasida.