TOShKENT, 2 avg – Sputnik. Rossiya harbiylari DXRning Aleksandro-Kalinovo qishlog‘ini ozod qildi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Janubiy kuchlar guruhi bo‘linmalari Donesk Xalq Respublikasidagi Aleksandro-Kalinovo aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, rus jangchilari DXRning Kleban-Bik, Serebranka, Plesheyevka, Aleksandro-Shultino, Konstantinovka, Zvanovka va Ivanpolye aholi punktlari hududlarida uchta mexanizatsiyalashgan va tog‘li hujum brigadalarini, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlari Milliy gvardiyasi brigadasini mag‘lub etdi.
Frontning ushbu qismida dushman yo‘qotishlari:
150 nafargacha askar;
uchta zirhli jangovar mashina, shu jumladan AQShda ishlab chiqarilgan M113 bronetransportori;
pikap;
uchta artilleriya quroli;
radioelektron kurash stansiyasi.