TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. “Belarus - Rossiya - Qozog‘iston - O‘zbekiston - Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev ishtirokidagi yig‘ilishda yangi multimodal transport koridori orqali yuk tashishni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘z hududlaridan o‘tadigan xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish bilan bog‘liq loyihalarni muvofiqlashtirishga kelishib olishdi.
Sostoyalos zasedanie rabochey gruppi po razvitiyu multimodalnogo transportnogo koridora "Belarus – Rossiya – Kazaxstan – Uzbekistan – Afganistan – Pakistan"
© Press-slujba Mintransporta Uzbekistana
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil noyabrida Toshkentda ShHT davlatlarining birinchi transport forumi doirasida “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” xalqaro transport koridorini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolangan edi.