TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida Afg‘onistonda xizmat qilgan baynalminalchi askarlarga "Jasorat" va “Harbiy xizmatlari uchun” medallarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni ochar ekan, Rossiyaning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili Andrey Lanchikov iliq so‘zlarni aytdi.
"Mana endi mukofotlar vanihoyat o‘z qahramonlarini topdi! Rossiya Federatsiyasi elchixonasi Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlar ishtirokchilari xotirasini saqlashga katta ahamiyat beradi. Sizning jasoratlaringiz doimo qalbimizda saqlanib qoladi.
Askarlarimizning jasorati va qahramonligi cheklanmagan va har doim chuqur hurmatga loyiqdir. Sizning xizmatingiz, kuchingiz va matonatingiz, tinchlik va adolat g‘oyalariga ishonchingiz uchun sizga rahmat aytamiz. Sizning xizmatingiz umumiy tariximizda o‘chmas iz qoldirib, yosh avlodga ibrat bo‘lmoqda", - dedi Lanchikov.
Shuningdek, Muvaqqat ishlar vakili O‘zbekiston "Veteran" jangchi-faxriylar (baynalminalchilar) uyushmasi raisi Tal’at Murodovga minnatdorchiligik bildirdi.
Medallarni topshirish marosimi tantanali ruhda o‘tdi va samimiy do‘stona muhitda choy ichish bilan yakunlandi.
🟠 Voinam-internatsionalistam vruchili zaslujennie nagradi v Tashkente
© telegram sputnikuzbekistan
/