Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi

Prezident viloyatda sanoat va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, tashrif davomida prezident viloyatda sanoat va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa obyektlar bilan tanishadi.
O‘tgan yil iyunida Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, “BYD Uzbekistan Factory” zavodini kelib ko‘rgan edi.
Jizzax viloyatida ayrim sohalarda “katta sakrash” bo‘lishi kutilmoqda