Guliston va Xitoyning Donguan shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatildi

Donguan shahri Xitoyning yuqori darajada sanoatlashgan shaharlaridan biri sanaladi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Guliston va Donguan shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Guliston va Xitoyning Donguan shaharlari hokimlari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Goroda Gulistan i Dunguan nalajivayut sotrudnichestvo v ramkax strategicheskogo partnerstva Uzbekistana i Kitaya
Muloqot davomida Guliston va Donguan shaharlari o‘rtasida hamkorlik va birodarlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Tomonlar mazkur hujjat shaharlararo amaliy hamkorlikka keng yo‘l ochishini va o‘zaro tashriflar orqali hududlararo biznes aloqalarni jadal rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Guliston shahar hokimi Jamoliddin Xodjimanov hudud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda Donguan kompaniyalarining ishlab chiqarishdagi boy tajribasini tatbiq etishga, biznes doiralari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish orqali sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.
Donguan shahri meri Lyu Chensi so‘nggi yillarda Xitoy–O‘zbekiston munosabatlari o‘z boshidan eng yaxshi davrni o‘tkazayotganini qayd etdi.
Goroda Gulistan i Dunguan nalajivayut sotrudnichestvo v ramkax strategicheskogo partnerstva Uzbekistana i Kitaya
“Joriy yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda mamlakatlarimiz rahbarlari O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Bu esa o‘z navbatida, Donguan va Guliston shaharlari o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish hamda do‘stona munosabatlarni rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi”, – dedi mer Lyu Chensi.
Donguan shahri Xitoyning yuqori darajada sanoatlashgan shaharlaridan biri sanaladi. Shu yil yanvar-may oylarida O‘zbekiston hududlarining ushbu shahar bilan umumiy savdosi 32,5 foizga o‘sib, yuqori rivojlanish salohiyatini namoyish etdi.
O‘zbekiston va Xitoy tarixga oid manbalarni birgalikda o‘rganishga kelishib oldi