O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar orasida ijara eng ko‘p talab qilinadi

Joriy yilning yanvar-may oylarida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 9,8 trln so‘mni tashkil etgan.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar orasida ijara eng ko‘p talab qilinadi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Joriy yilning yanvar-may oylarida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 9,8 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,9% ga o‘sgan.
Shaxsiy yoki ijaraga olingan ko‘chmas mulkni ijaraga berish va boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar umumiy hajmining 94,6% ini tashkil etgan.
Shaxsiy ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bo‘yicha xizmatlar ulushi atigi 2,7% ni, mukofot evaziga yoki shartnoma asosida ko‘rsatiladigan ko‘chmas mulkni boshqarish bo‘yicha xizmatlar ulushi 1,8% ni, ko‘chmas mulk bo‘yicha agentliklarning yoki shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar 0,9% ni tashkil etgan.
Ko‘chmas mulk bozori: O‘zbekistonda birlamchi va ikkilamchi uy-joylar arzonlashdi