O‘zbekiston–Xitoy: zamonaviy texnik oliy ta’lim infratuzilmasi yo‘lga qo‘yiladi

Loyihaning 1-bosqichi uchun 800 ming AQSh dollari ajratilgan.
Sputnik
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. 10 iyul kuni Xitoyning Guanchjou shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulligida Toshkent davlat transport universitetida “Linnan oliy professional ustaxonasi”ni tashkil etish bo‘yicha rasmiy kelishuv imzolandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashabbus “Bir makon – bir yo‘l” strategiyasi doirasida Guangdong provinsiyasi hukumati tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlangan.
Yangi markaz avtotransport muhandisligi, texnik xizmat va vodorod texnologiyalariga ixtisoslashgan bo‘ladi. Toyota, BYD, Chery kabi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda texnik laboratoriya tashkil etiladi.
Laboratoriyada universitet talabalari hamda texnikum o‘quvchilari kasbiy amaliyot va stajirovka o‘tash imkoniyatliga ega bo‘ladilar.
Loyihaning 1-bosqichi uchun 800 ming AQSh dollari ajratilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston oliy texnik ta’lim tizimini xalqaro talablarga moslashtirish yo‘lidagi amaliy qadamlardan biri sanaladi.
O‘zbekiston va Xitoy Urumchida qo‘shma korxona ochdi