O‘zbekiston yetakchisi Qatar amiri bilan telefon orqali suhbatlashdi

O‘zbekiston va Qatar yetakchilari oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqishdi.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Suhbatda O‘zbekiston-Qatar strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston prezidenti Qatar amirining Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi faol sa’y-harakatlarini yuksak baholadi.
Aytilishicha, o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiya ko‘rsatkichlari faol o‘smoqda. Sanoat kooperatsiya va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyihalar texnik jihatdan tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
“Shu ma’noda, bo‘lajak yuqori darajadagi tadbirlar, shu jumladan tashqi ishlar vazirlari raisligidagi Muvofiqlashtiruvchi kengashning birinchi uchrashuvi, Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari va biznes forumi natijador bo‘lishiga muhim e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va Qatar yetakchilari oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqishdi.
Qatar Mehnat vazirligi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini keskin oshiradi