TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Fanlar akademiyasining tarix instituti, Xitoyning Shinjon Ijtimoiy fanlar akademiyasi va akademiyaning Markaziy Osiyo instituti o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Kelishuvga ko‘ra, Xitoydagi arxiv, muzey va kutubxonalarda saqlanayotgan, O‘zbekiston tarixiga oid hamda O‘zbekistonda saqlanayotgan Xitoy tarixiga oid manbalar birgalikda o‘rganiladi. Shuningdek, qadimgi xitoy tilidagi tarixiy manbalarni o‘qiy oladigan mutaxassislarni tayyorlash ham ko‘zda tutilgan.
Uzbekistan i Kitay dogovorilis o sovmestnom izuchenii istoricheskix istochnikov
© Akademiya nauk Respubliki Uzbekistan
Imzolangan kelishuvga ko‘ra, ishchi guruh tuzildi. Tarix instituti tomonidan ishchi guruh rahbari, Tarix fanlari doktori Dilnoza Jamolova Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qilishicha, endilikda yo‘l xaritasi tayyorlanadi.
“Biz hozir birinchi qadamni qo‘ydik. Yo‘l xaritasida hujjatda aks etgan masalalarni amalga oshirish bo‘yicha harakatlarni boshlaymiz. Xitoy tomonidan bizga juda yaxshi takliflar bildirildi va albatta, biz takliflarni qabul qildik. Ular o‘zbek tilini o‘rganish uchun O‘zbekistonga xitoylik yoshlarni yuborishadi. Biz esa yoshlarni xitoy tilini o‘rganishlari uchun yuboramiz”, — dedi Dilnoza Jamolova.
Quyidagilar amalga oshiriladi:
mintaqa tarixi haqida Xitoyda chop etilgan ilmiy adabiyotlarni olish;
o‘zbekistonlik tarixchi yoshlarnining Shinjon Ijtimoiy fanlar akademiyasi muassasalarida qisqa va uzoq muddatli hamda xitoylik yoshlarning Tarix institutida malaka oshirishlarini yo‘lga qo‘yish;
birgalikda ilmiy yig‘in va seminarlar, masofadan mutaxassislar ma’ruzlarini tashkil etish;
turkiy xalqlar, Markaziy Osiyo xalqlari va O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari tarixi bo‘yicha qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish.