O‘zbekiston prezidenti IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi — foto

Mehmonlar e’tiboriga Qorabog‘ tulporlari ishtirokidagi "Zafar" nomli madaniy dastur taqdim etildi.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) 17-sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev hamrohligida Ag‘dam shahridagi "Imorat" tarixiy-me’moriy majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yerga tashkilotga a’zo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari ham keldi.
1 / 6
2 / 6
3 / 6
4 / 6
5 / 6
6 / 6
Ag‘dam shahri Ozarbayjonning g‘arbiy qismida, Qorabog‘ tumanida joylashgan. 2021-yildan boshlab shahar infratuzilmasi faol tiklanmoqda: yangi maktablar, bolalar bog‘chalari, uy-joylar, ma’muriy binolar qurilmoqda.
"Imorat" majmuasida Qorabog‘ xonligi asoschisi Panoh Alixonning saroyi va maqbarasi joylashgan. 2024-yilda majmua restavratsiya ishlari va arxeologik tadqiqotlardan so‘ng qayta ochildi.
Bu yerda Qorabog‘ tulporlari parki va interaktiv muzey tashkil etilgan.
Yetakchilar majmuada yaratilgan sharoitlar, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Mehmonlar e’tiboriga Ozarbayjon Qorabog‘ining boy madaniyati va an’analarini aks ettiruvchi Qorabog‘ tulporlari ishtirokidagi "Zafar" nomli madaniy dastur taqdim etildi.
Mirziyoyev Bokudagi G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi va Haydar Aliyev qabriga gul qo‘ydi