Baxtiyor Saidov “Markaziy Osiyo – Hindiston” vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri, shuningdek, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindistonda "Markaziy Osiyo - Hindiston" 4-vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida xabar berdi.
4-y ministerskiy dialog "Sentralnaya Aziya - Indiya"
“Iliq mehmondo‘stlik uchun Subramanyam Jayshankar (Hindiston tashqi ishlar vaziri – tahr.) janoblariga samimiy minnatdorligimizni bildiramiz”, - deb yozdi Saidov.
4-y ministerskiy dialog "Sentralnaya Aziya - Indiya"
Uchrashuvda o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, texnologik hamkorlikni rivojlantirish, barqaror taraqqiyotni ta’minlash kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.
“Ko‘plab natijalarga erishildi, yangi tashabbuslar ilgari surildi, oldimizda bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘lami undanda ko‘p. Hech shubhasiz, ushbu platforma mintaqamiz va Hindiston o‘rtasidagi mavjud aloqalarni mustahkamlashga va yangilarini yaratishga xizmat qiladi”, - deb yozadi Saidov.
4-y ministerskiy dialog "Sentralnaya Aziya - Indiya"
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri, shuningdek, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi.
Modiga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlari yetkazildi.
Glava MID Uzbekistana Baxtiyor Saidov vstretilsya s Premyer-ministrom Indii Narendroy Modi.
“Bugungi uchrashuv mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik aloqalarining mustahkamlanayotganini yana bir bor tasdiqladi hamda keng qamrovli hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratdi”, - deb yozdi tashqi ishlar vaziri.
Glava MID Uzbekistana Baxtiyor Saidov vstretilsya s Premyer-ministrom Indii Narendroy Modi.
Ta’kidlanishicha, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik jadallashtiriladi, yanada aniq natijalarga erishish yo‘lida barcha imkoniyatlar ishga solinadi.
O‘zbekiston va Hindiston yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqchi