O‘zbekiston Lahorda savdo uyi ochdi

Lahor shahrida "O‘zbekiston savdo uyi"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Pokistonning Lahor shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochildi, deya xabar berdi Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Savdo-sanoat palatasi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Lahor shahrida "O‘zbekiston savdo uyi"ning ochilish marosimida ishtirok etdi. Tadbirda shuningdek, Lahor ma’muriyati, yirik ishbilarmon doira vakillari qatnashdi.
“Ushbu savdo uyi ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo va hamkorlikni yanada faollashtirishga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 25-iyun kuni Karachida O‘zbekiston va Pokiston ishbilarmonlari o‘rtasida biznes-forum o‘tkaziladi.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-5 davlat
Raqamli infratuzilma: Hindistonning yirik kompaniyasi bilan hamkorlik muhokama qilindi