TOShKENT, 31-may — Sputnik. Moskva Ukrainaga o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvlari niqobi ostida qayta qurollanish imkoniyatini bermaydi, dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.
“Bunga hisob olmasligingiz mumkin. “Minsk” takrori bo‘lmaydi”, - dedi u.
Rossiya vakili, shuningdek, Ukraina mojarosining asosiy sabablarini yo‘q qilish ushbu muammoni “bir marta va butunlay” hal qilish uchun fundamental ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
2 iyun, dushanba kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning yangi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Moskva ularda bo‘lajak tinchlik shartnomasi bo‘yicha memorandumni taqdim etadi. U mojaroning asosiy sabablarini hal qilish uchun barcha jihatlarni o‘z ichiga oladi.
Rossiya delegatsiyasi tarkibi avvalgi bosqichdagi kabi bo‘ladi: prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin, Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Igor Kostukov va mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin.
Moskva va Kiyev vakillari o‘rtasida uch yil ichidagi birinchi uchrashuv 16-may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tdi. Tomonlar keng miqyosda - 1000 ga 1000 formatida asir almashishni o‘tkazish va kelajakdagi sulh imkoniyatlari haqida qarashlarni taqdim etishga kelishib oldilar.
Muzokaralar chog‘ida Ukraina davlat rahbarlarining uchrashuvini o‘tkazishni so‘radi. Rossiya buni e’tiborga oldi.
Asirlar almashinuvi yakunlandi.