Yoshlar Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muammolarni o‘rganishga jalb etiladi

Turizm qo‘mitasi tomonidan “Orol dengiziga poyezd” yoshlar aksiyasi o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 22-may — Sputnik. “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi o‘tkaziladi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.
“28-31 may kunlari Turizm qo‘mitasi tomonidan har yili o‘tkaziladigan “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi tashkil qilinmoqda”, — deyiladi xabarda.
Aksiyadan maqsad Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yo‘lida yoshlarning faolligini oshirishdan iborat.

“Aksiya doirasida mamlakatning turli hududlaridan kelgan iqtidorli, faol va ekologik ongli yoshlar Orolbo‘yi hududiga sayohat qilib, bu yerda yuzaga kelgan ekologik falokat oqibatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishadi va bu orqali ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslikka chaqiriladi”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.

Tadbir davomida yoshlar ekologik seminarlar, ijtimoiy loyihalar taqdimoti, ko‘chat ekish, ekologik tozalash ishlari kabi faoliyatlarda ishtirok etishadi. Shuningdek, ular mahalliy aholining hayoti, qadimiy tarixiy yodgorliklar bilan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdai.
BMTda O‘zbekistonning global o‘rmonlarni qayta tiklash bo‘yicha tashabbusi taqdim etildi