Samarqandda O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi bo‘lib o‘tadi

Forum doirasida qator kelishuvlar imzolanishi va yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 21-may — Sputnik. 1-2 iyun kunlari Samarqanddagi “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazida ikkinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Tadbir ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish hamda sarmoya va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan.

“Forumda 1500 nafardan ortiq ishtirokchi, jumladan, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari, hukumatlar, viloyatlar hokimliklari, shuningdek, fan va ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etadi”, — deyiladi xabarda.

Forum doirasida qator kelishuvlar imzolanishi va yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Xabarga ko‘ra, forum O‘zbekiston hududlari va Xitoy provinsiyalari o‘rtasidagi har tomonlama sheriklikni mustahkamlashda muhim qadam.
Ostonada Markaziy Osiyo va Xitoy transport vazirlari uchrashdi