TOShKENT, 15-may — Sputnik. Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatida Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalini qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasida kechgan bahslar sportchilarning benefisiga aylandi.
Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Jo‘rayev yana bir bor yuksak mahorat ko‘rsatib, barcha yo‘nalishda eng katta ko‘rsatkichlarni qayd etdi (183, 223 va 406 kg) va 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu dasturda Jo‘rayevdan keyingi natijani ko‘rsatgan boshqa bir vakil Sharofiddin Amriddinov (181, 214 va 295 kg) esa 3 ta kumush medal bilan taqdirlandi.
Akbar Djurayev absolyutniy chempion Azii! Na schetu Amriddinova 3 serebra
© NOK
Shuningdek, Osiyo chempionatida ayollar o‘rtasida -87 kg vazn toifasida Tursunoy Jabborova dast ko‘tarishda 108 kg natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Jabborovaga siltab ko‘tarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi, u yakunda sakkizinchi pog‘onadan joy oldi. Shuningdek, ushbu vaznda qatnashgan Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.
Tursunoy Jabborova - prizor chempionata Azii
© NOK
Ushbu natijadan keyin terma jamo hisobidagi medallar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga yetdi. Sportchilar umumjamoa hisobida uchinchi o‘ringa ko‘tarilishdi.