Samarqandda turli mamlakatlarning nufuzli muftiylari va islom ulamolari yig‘ildi

Samarqandda Imom Moturidiy ilmiy merosi va ta’limotini o‘rganishni yangi bosqichga olib chiqish imkonini beruvchi deklaratsiya qabul qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Samarqandda “Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘’tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tadbirda Misr, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, BAA, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Qatar, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi 20 tadan ortiq davlatdan 70 nafardan ziyod muftiy, nufuzli islomshunos olimlar, davlat va jamoat arboblari, moturidiyshunos tadqiqotchilar, tarixshunos mutaxassislar va diniy-ma’rifiy soha vakillari ishtirok etmoqda.
V Samarkande sobralis avtoritetnie muftii i islamovedi raznix stran
Prezident maslahatchisi Ruslanbek Davletov O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
"Buyuk vatandoshimiz asos solgan moturidiylik maktabi va ta’limoti esa e’tiqod borasida asrlar davomida bag‘rikenglik, mo‘’tadillik va ma’rifat timsoli bo‘lib kelayotgani tahsinga sazovordir", — deyiladi tabrik matnida.
Anjumanda Imom Moturidiyning ilmiy merosi, moturidiylik ta’limotining mohiyati va shu kabi muhim masalalar muhokama qilinmoqda.
Konferensiya yakunida Imom Moturidiy ilmiy merosi va ta’limotini o‘rganishni yangi bosqichga olib chiqish imkonini beruvchi yakuniy deklaratsiya qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Imom Moturidiy Samarqand yaqinida joylashgan Moturid qishlog‘ida tug‘ilib, shu yerda istiqomat qilgani uchun unga “al-Moturidiy” nisbasi berilgan. Imom Abu Mansur Moturidiy butun hayotini islomiy aqidani himoya qilish va ma’rifatini yoyishga bag‘ishlagan.
Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi