TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida Parlamentlararo Assambleya kengashining majlisida ishtirok etdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi kengashi raisi, Rossiya Federal Majlisi Federal kengashi raisi Valentina Matviyenko Parlamentlararo ittifoqning Toshkent shahrida o‘tkazilgan 150-yubiley assambleyasi va uning natijalariga to‘xtaldi.
Sostoyalos zasedanie Soveta Mejparlamentskoy Assamblei SNG
© Press-slujba Senata Oliy Majlisa
U mazkur anjumanning yuqori saviyada tashkil etilgani, qabul qiluvchi tomonning mehmonlarni qabul qilish va tadbir o‘tkazishdagi yuksak mahorati hamda mas’uliyatini e’tirof etdi. Matviyenko Narbayevani va uning jamoasini ushbu tadbirni yuksak darajada o‘tkazgani bilan tabrikladi.
Narbayeva mazkur Assambleya MDH davlatlari parlament delegatsiyalarining faol ishtiroki, ularning qabul qilingan hujjatlarga qo‘shgan hissasi hamda ilgari surgan takliflari muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shuningdek, kelgusida ham bunday yirik xalqaro anjumanlarni o‘tkazishda hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Sostoyalos zasedanie Soveta Mejparlamentskoy Assamblei SNG
© Press-slujba Senata Oliy Majlisa
Shundan so‘ng kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar MDH PA xalqaro kuzatuvchilarining Belarus prezidenti saylovi va Tojikiston parlament saylovi monitoringi natijalariga e’tibor qaratdi.
Sostoyalos zasedanie Soveta Mejparlamentskoy Assamblei SNG
© Press-slujba Senata Oliy Majlisa
Shuningdek, Kengash majlisida MDH Parlamentlararo Assambleyasining 2024-yildagi faoliyati sarhisob qilinib, kelgusida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro sammitlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.