Toshkentga 8 ta davlatning taekvondo bo‘yicha jamoalari yig‘ildi — foto

Yig‘inga Xitoy, Tunis, Gruziya, Saudiya Arabistoni, Belarus, Qozog‘iston va Iordaniya jamoalari ham bor.
Sputnik
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Toshkentda sakkizta davlat terma jamoasi ishtirokida xalqaro yig‘in o‘tmoqda, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Shu kunlarda taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.
1 / 8
2 / 8
3 / 8
4 / 8
5 / 8
6 / 8
7 / 8
8 / 8
“Hozirda mazkur yig‘inga Xitoy, Tunis, Gruziya, Saudiya Arabistoni, Belarus, Qozog‘iston va Iordaniya jamoalari ham qo‘shilib, 8 ta terma jamoa birgalikda mashg‘ulot olib bormoqda”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, har bir davlat o‘zining asosiy tarkib sportchilari bilan qatnashmoqda. Ular orasida 10 nafarga yaqin Olimpiada chempionlari va sovrindorlarini uchratish mumkin.
Yig‘in 20-aprelga qadar davom etadi.
XXI asr To‘marisi: o‘zbekistonlik ayollar jahonga qo‘l jangi mahoratini namoyish etishmoqda