Ro‘za qabul bo‘lganining 13 alomati e’lon qilindi

Solih amallarning qabul bo‘lganining ba’zi alomatlari borligi aytildi.
Sputnik
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ro‘za qabul bo‘lganining 13 alomatini e’lon qildi.
“Alloma Shinqitiy rahimahulloh aytadilar: "Bandaning qilgan yaxshi amalining qabul bo‘lgani yoki bo‘lmagani g‘ayb ishi bo‘lib, uni faqat Alloh taolo biladi. Ammo solih amallarning qabul bo‘lganining quyidagi ba’zi alomatlari bor”, — deyiladi xabarda.
Ro‘za qabul bo‘lganining 13 alomati:
Ibodatlarga yanada ko‘proq rag‘bat qilish.
Ibodatlardan rohatlanish, ularni xushu’-xuzu’ bilan ado etish.
Ibodat asarining zohir bo‘lishi. Masalan, namozning fahsh va man etilgan ishlardan qaytarishi.
Ibodatlarni ado etishga muhabbatli bo‘lish. Nafl namozlarni ko‘paytirish.
Gunoh-ma’siyatlardan uzoqlashish.
Ibodatlar qabul bo‘lmay qolishidan xavfda bo‘lish. Ujb va kibrga berilmaslik.
Solih amallarni ko‘paytirish. Hasan Basriy rahmatullohi alayh: “Alloh bandadan amalini qabul etgan bo‘lsa, uni toat-ibodatga, yana yaxshilik qilishga yo‘llab qo‘yadi”, deganlar.
Shavvol oyidan 6 kun nafl ro‘za tutish.
Ibodatlarning oson qilib qo‘yilishi. Toat-itoatda bardavom bo‘lish.
Ko‘p duo qilish.
Solihlarni yaxshi ko‘rish.
Istig‘for aytishni, zikr qilishni hamda Qur’oni karim tilovatini ko‘paytirish.
Kechalari qoim bo‘lish.
Ramazon doim 30 kun bo‘ladi deb hukm chiqarish to‘g‘ri emas — Musulmonlar idorasi