TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Rossiya harbiylari allaqachon Krasnoarmeysk (ukraincha nomi - Pokrovsk) yaqinida harbiy amaliyotlar o‘tkazmoqda, deb xabar berdi DXR rahbari Denis Pushilin RIA Novostiga.
“(Jang ketmoqda. – tahr.) Krasnoarmeysk yaqinida, allaqachon Kotlino yo‘nalishida”, — dedi u.
Ta’kidlanishicha, dushman xuddi Dzerjinskka yaqinlashganda bo‘lgani kabi, bu yo‘nalishda ham qarshi hujumga o‘tishga harakat qilmoqda.
Krasnoarmeysk Ukraina Qurolli kuchlarining DXRda va butun Ukraina "Xortitsa" tezkor-strategik guruh qo‘shinlarining frontdagi eng muhim mudofaa markazlaridan biri hisoblanadi. Aynan u orqali Avdeyevka garnizonlari va uning g‘arbiy qismidagi shaharlar ta’minlanadi, shuningdek, ko‘p jihatdan bu arteriya Izum bilan birga DXRning shimoli-g‘arbiy qismini mustahkamlaydi.
Krasnoarmeysk aglomeratsiyasining ozod etilishi Rossiya qo‘shinlariga Donesk Xalq Respublikasining g‘arbiy chegaralariga yetib borish va Zaporojye viloyatida hujumni davom ettirish imkonini beradi.