Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainada vaqtinchalik tashqi boshqaruv joriy etish mumkin — Putin

Demokratik saylovlar o‘tkazish uchun Ukrainada BMT shafeligida vaqtinchalik ma’muriyat joriy etish mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27-mart kuni Arxangelskda suv osti kemasi matroslari bilan uchrashuvda Ukrainada tinchlik o‘rnatishning bir uslubi sifatida Ukrainada vaqtinchalik tashqi boshqaruv joriy etishni taklif qildi.

"Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida, Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan, hatto Yevropa davlatlari bilan, albatta, bizning sheriklarimiz va do‘stlarimiz bilan Ukrainada vaqtinchalik boshqaruvni joriy etish mumkin. Bu nima maqsadda? Demokratik saylovlar o‘tkazish uchun, samarali va xalq ishonchini qozongan hukumatni davlat boshqaruviga olib kelish uchun", - dedi Rossiya rahbari.

"Ukrainada qonuniy hukumat paydo bo‘lganidan so‘ng biz ular bilan tinchlik shartnomasini imzolaymiz. Bu dunyodagi hamma tomonidan tan olinadi va ishonchli va barqaror bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.
Shuningdek, Rossiya prezidenti yaqin o‘tmishda bunday misollar bo‘lganini esga oldi va Sharqiy Timorda 90-yillar oxirida hamda Yugoslaviyaning ayri hududlarida xuddi shunday bo‘lganini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina bilan resurslar bo‘yicha shartnoma imzolamoqchi. Unga ko‘ra, Ukrainaning barcha tabiiy boyliklari AQSh ixtiyoriga o‘tadi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zaxarova: Kiyevga ishonch yo‘q