O‘zbekiston Yevroosiyoda tarqalgan islom qo‘lozmalarini bir joyga jamlamoqchi

Ruki nad klaviaturoy
"Yevroosiyo islom qo‘lozmalari” elektron katalogi yaratiladi.
Sputnik
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Yevroosiyo islom qo‘lozmalari” elektron katalogi tashkil etiladi, deya xabar berdi markaz axborot xizmati.
“O‘zbekistonda islom ilm-fani va madaniyatiga oid qo‘lozmalarni ilmiy o‘rganish va ularni keng jamoatchilikka taqdim etish maqsadida “Yevroosiyo islom qo‘lozmalari” elektron katalogi yaratish rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan amalga oshirilishi kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Loyiha doirasida Yevroosiyo mintaqasida tarqalgan islom qo‘lozmalari jamlanadi va ular to‘liq raqamlashtiriladi.
Aytilishicha, bu noyob ilmiy asarlarni saqlash, ularning har tomonlama tadqiq qilinishi hamda keyingi avlodlarga yetkazilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Elektron katalog orqali tadqiqotchilar islomiy qo‘lozmalar bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Qayd etilishicha, “Yevroosiyo islom qo‘lozmalari” elektron katalogi O‘zbekistonning boy ilmiy merosini global miqyosda ommalashtirish, islom madaniyati va tarixi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
YeIK shtab-kvartirasida komissiya hay’ati raisi Baxitjan Sagintayev va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy forumida ishtirok etishga taklif etildi