Mirziyoyev xotin-qizlarga davlat mukofotlarini topshirdi

Tadbirda yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi va davlat mukofotlarini topshirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘ksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Prezidentning shu yil 3-martdagi qaroriga binoan 28 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan, 4-martdagi farmonga muvofiq, mehnat faoliyati va jamoat ishlarida katta natijalarga erishgan bir guruh ayollar orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Tadbirda ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
1 / 8
2 / 8
3 / 8
4 / 8
5 / 8
6 / 8
7 / 8
8 / 8
Marosim so‘ngida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqi nomidan ayollarni yana bir bor tabriklab, ezgu tilaklar bildirdi.
“Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-omonlik, dunyodagi eng katta boylik – oilaviy baxt-saodat yor bo‘lishini tilayman. Doimo farzandlaringiz va yaqinlaringiz, el-yurtimiz ardog‘ida yurish nasib etsin”, – dedi prezident.
Bayram doirasida “O‘zbekiston” anjumanlar saroyida tantanali konsert namoyish etildi.
Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda 8-martga bag‘ishlangan nutq so‘zladi