O‘zbekiston va Afg‘oniston savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi

Laziz Kudratov Afg‘oniston savdo vaziri Nuruddin Aziziy bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 2-mart — Sputnik. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Surxondaryo viloyatida Afg‘oniston savdo vaziri Nuruddin Aziziy bilan uchrashdi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Laziz Kudratov va Nuruddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatidagi "Termiz" xalqaro savdo markaziga tashrif buyurdi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Afg‘oniston savdo-iqtisodiy munosabatlarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Laziz Kudratov provol vstrechu s ministrom torgovli Afganistana Nuruddinom Azizi
“Suhbat davomida o‘zaro savdo hajmini 3 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, savdo bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika, oziq-ovqat va tog‘-kon sanoati sohalarida ham o‘zaro manfaatli hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Tashrif doirasida har ikki tomondan 60 ga yaqin tadbirkor ishtirokida B2B muzokaralari tashkil etildi. Unda ishbilarmon doiralar vakillari yangi aloqalarni o‘rnatish, yangi qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘lishdi.
O‘zbekiston Afg‘onistonda Hayraton-Hirot temir yo‘li loyihasini amalga oshiradi