“Janob Kellogg, bilishimcha, hozir Kiyevda, to‘g‘rimi? Undan oldin u yevropaliklar bilan uchrashdi. Hozir Fransiya prezidenti Vashingtonga, bosh vazir Buyuk Britaniyaga ketmoqda. U yerda hech narsa yopiq emas, amerikaliklar bularning barchasini ular bilan muhokama qilishmoqda. Ammo bizda, masalan, 3-Strategik qurollarni qisqartirish bo‘yicha shartnomasini uzaytirish kabi savol bor. Hamma unutgandir, lekin shuni eslatib o‘tamanki, roppa-rosa bir yildan so‘ng, 2026-yilning fevralida Strategik qurollarni cheklash to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilish muddati tugaydi”, — dedi Putin.
“Siz ularni bilasiz, urush muxbirlari, hamkasblaringiz, nihoyatda bilimdon, mard, ochig‘ini aytsam, o‘z vazifasini qahramonlarcha bajarayotgan insonlar - ular o‘zlarining fuqarolik va kasbiy burchlarini bajarmoqdalar va jangovar aloqa chizig‘ida sodir bo‘layotgan voqealar haqida Rossiya jamoatchiligini va butun dunyoni xolisona xabardor qiladilar. Bir soat oldin menga xabar qilingan so‘nggi ma’lumotlar: bugun tunda 810-brigada jangchilari Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tib, dushman hududiga kirishdi. Va bizning qo‘shinlarimiz butun front chizig‘i bo‘ylab oldinga siljishmoqda”, — deya javob berdi Putin.