Mirziyoyev Kuvaytga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Kuvaytda rasmiy tashrif bilan 17-18 fevral kunlari bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvaytga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Sabohning taklifiga binoan 17-fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Tashrif dasturiga muvofiq, Al-Kuvayt shahrida oliy darajadagi muzokaralar, bir qator ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlari bo‘lib o‘tadi", — deyiladi xabarda.

Bo‘lajak sammit kun tartibida O‘zbekiston-Kuvayt do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, savdo, innovatsiyalar, investitsiya va moliya, "yashil" energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, infratuzilma, shaharsozlik, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olishi ko‘zda tutilgan.
Madaniy-gumanitar va turizm almashinuvini kengaytirish masalalari, shuningdek, O‘zbekiston va Kuvayt yetakchilari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ko‘rib chiqishadi. Muzokaralar yakunida qator qo‘shma hujjatlar va bitimlar qabul qilinishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi mumkin