TOShKENT, 11 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi, deya xabar berdi Transport vazirligi matbuot xizmati.
Transport vazirligida Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda avtomobil transportida xalqaro tashuvlarni rivojlanish, ushbu jarayonda milliy tashuvchilarga qulay sharoitlarni yaratish masalalari muhokama etildi.
V Ministerstve transporta sostoyalos zasedanie Sovmestnoy uzbeksko-mongolskoy komissii po voprosam mejdunarodnix avtomobilnix perevozok.
© Ministerstvo Transporta Respubliki Uzbekistan
“Uchrashuvda har ikki tomon vakillari xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini alohida ta’kidlab o‘tishdi. Shu munosabat bilan tomonlar 2025-yilga mo‘ljallangan ruxsatnoma blankalarini 2 barobarga ko‘paytirishga kelishib olishdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, tomonlar yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida blankalarini elektron "E-Permit" ayirboshlash tizimi joriy etish bilan bog‘liq jihatlarni ham muhokama etishdi.