TOShKENT, 6 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim “Petronas” korporatsiyasining bosh qarorgohi – “Twin Towers” binosiga tashrif buyurib, kompaniya prezidenti Muhammad Tavfiq bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Mirziyoyev xomashoni chuqur qayta ishlash va “yashil” energetika loyihalarini amalga oshirish borasidagi istiqbolli rejalarni qo‘llab-quvvatladi.

Prezident Uzbekistana podderjal plani po razvitiyu partnerstva s korporatsiyey Petronas
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirish, karbonat angidrid gazini ushlab qolish va saqlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, “Petronas” universiteti negizida yuqori malakali kadrlar tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi.

Prezident Uzbekistana podderjal plani po razvitiyu partnerstva s korporatsiyey Petronas
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shundan so‘ng Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.
Ofitsialniy vizit v Malayziyu zavershilsya
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Tadbirlar yakunlangach, Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida davlat rahbarini Malayziya ta’lim vaziri Zambri Abdulqodir va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.