TOShKENT, 3 fev — Sputnik. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi USAID biologik qurollar bo‘yicha tadqiqotlar uchun mablag‘ ajratgan. Bu haqda amerikalik tadbirkor va yangi hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Siz USAID sizning soliq pullaringizdan foydalanib, bioqurollar, jumladan, millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan COVID-19 tadqiqotlarini moliyalashtirganini bilarmidingiz?" — deb yozdi u.
Ilon Mask, shuningdek, “USAID”ni “o‘lishi kerak bo‘lgan jinoiy tashkilot” deb atadi.
"USAID — jinoiy tashkilot. Uning o‘lish vaqti keldi", — deb yozgan Mask o‘zining X sahifasida.
Shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh USAID’ni boshqarayotgan “aqldan ozgan radikallardan” qutuladi deb aytdi.
"USAID"ning qariyb million obunachiga ega bo‘lgan X ijtimoiy tarmoq akkaunti o‘chirib tashlandi. Agentlik veb-sayti ham mavjud emas.
Bir kun avval tashkilotning ikki yuqori mansabdor shaxsi AQSh hukumati qoshidagi samaradorlik agentligi rahbari Ilon Maskni agentlikning maxfiy binolariga kiritishdan bosh tortgan edi. Ular “ma’muriy ta’til”ga jo‘natilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp o‘z lavozimiga kirishganch, 90 kunga deyarli barcha xorijiy yordam dasturlari, jumladan, Kiyevni moliyalashtirish darhol to‘xtatilgani e’lon qilingan edi. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ham Ukrainadagi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma olgan.